Has no content to show!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentabrdagi 799-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” talablariga muvofiq baholovchilarga toifa guvohnomalarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatilishi belgilangan.

Mazkur maʼmuriy reglament talablari asosida Davaktiv agentligida joriy yilning 17-sentabr kuni baholovchilarga toifa berish yoki toifa berishni rad etish yuzasidan navbatdagi komissiya yigʻilishi oʻtkazildi.

Maʼlumot uchun: Talabgorlar toifa olish uchun arizalarni Davaktiv agentligiga tegishli hujjatlar bilan Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etadilar.

Komissiya yigʻilishida komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan toifa olish uchun taqdim etilgan hujjatlar oʻrganilib, belgilangan shakldagi “Baholash varaqasi” talabgorni baholash mezonlari asosida toʻldirilib tegishli fikrlar bildiriladi hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari tavsifnomalari inobatga olinadi.

Toifa berish boʻyicha komissiya tarkibiga Reglament talablari asosida Davaktiv agentligidan uchta vakil hamda har bir baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan ikkitadan vakil kiritilgan.

Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali, ishtirok etayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Komissiyaning mazkur yigʻilishiga 18 ta talabgordan arizalar kelib tushgan boʻlib, ulardan 6 tasi “oliy toifa”, 12 tasi “birinchi“ toifa guvohnomasi olish uchun murojaat qilgan.

Toifaga talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar komissiya aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilib, komissiya aʼzolari tomonidan toʻldirilgan “Baholash varaqalari” asosida quyidagi xulosalar shakllantirildi:

-        1 nafar talabgorga “oliy toifa” berish;

-        4 nafar talabgorga “birinchi toifa” berish;

-        1 nafar talabgorga “ikkinchi toifa” berish;

-        12 nafar talabgorga toifa berishni rad etish.

 

Oliy, birinchi va ikkinchi toifa berilgan baholovchilar roʻyxati

F.I.Sh.

Hudud nomi

Ish joyi

Komissiya qarori
bilan berilgan
toifa turi

1.

Palvanova Irina Petrovna

Toshkent shahar

“Hisob va Biznes Baholash” MChJ

Oliy toifa

2.

Nazarov Akmal Ashrafjanovich

Sirdaryo viloyati

“Smart Consult” MChJ

Birinchi toifa

3.

Xadjayev Kamoliddin Fazliddinovich

Toshkent viloyati

“FB Business Consultant” MChJ

Birinchi toifa

4.

Safargaliyev Marat Salimovich

Toshkent shahar

“Real Excellent Valuation” MChJ

Birinchi toifa

5.

Faxriddinov Temur Faxriddin oʻgʻli

Navoiy viloyati

“Biznes Ekspert Baho” MChJ

Birinchi toifa

6.

Elbekov Bexzod Sherbekovich

Toshkent shahri

“Konservis” MChJ

Ikkinchi toifa

Для инспекций

Вниманию Инспекциям по регистрации субъектов предпринимательства!

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан для оказания им государственных услуг, определен перечень необходимых документов и информации, получаемых посредством информационного взаимодействия, с указанием государственных органов и иных организаций, предоставляющих данные документы и информацию.

Подробнее...

Курсы валют

Scroll to top