Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 5-iyunda 3487-2-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 6-maydagi 01/14-11/38-son buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga oʻzgartirishlar kiritilib, “Transport vositalari qiymatini baholash” (15-son MBS) yangi milliy baholash standarti tasdiqlandi.
Mazkur buyruq 2025 yil 5-iyundan eʼtiboran kuchga kirdi.