Ру Ўз O'z En

Agentlik tuzilmasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

[Ko‘chirma]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

  1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tarkibiy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) boshqaruv xodimlari cheklangan soni 432 nafar, shu jumladan Agentlik markaziy apparati — 109 nafar etib belgilansin.

Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:

zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;

Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tuzilmalarini tasdiqlash;

Agentlikning hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarida — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan Agentlikning boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;

mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda jalb qilish;

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash;

Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash shartlarini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
  2. Belgilansinki:
  3. a) Agentlik:

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat raqobat qo‘mitasi) barcha huquqlari, majburiyatlari va davlat, shu jumladan chet eldagi aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (shu jumladan davlat ulushlarini sotish), davlat aktivlarini ijaraga berish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish, iqtisodiy nochor xo‘jalik jamiyatlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik, baholash faoliyatida davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlash bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;

“O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda va barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda olib boradi hamda o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi;

davlat aktivlarini boshqarish sohasida vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalida o‘ziga berilgan davlat aksiya paketlari (ulush) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini amalga oshiradi;

Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdolarga qo‘yilgan obyektlar bo‘yicha sotuvchi funksiyasini bajaradi. Bunda Davlat raqobat qo‘mitasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan savdo shartlari va turlari o‘zgarishsiz qoldiriladi, obyektlarni savdodan echish, qayta baholash va qaytadan savdoga qo‘yish talab etilmaydi;

davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlarining (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik jamiyatlari) joriy faoliyatiga aralashmagan holda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni faqat korporativ boshqaruv usullarini qo‘llagan holda bajarilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-oktabridan kechiktirmay Agentlik faoliyati, shu jumladan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatida strategik o‘zgarishlar natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

  1. b) Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
  2. v) Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va Agentlik xodimlari belgilangan tartibda xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi a’zoligiga saylanish huquqiga egadirlar;
  3. g) Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash Agentlikning direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
  4. d) Agentlik xodimlariga tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi saqlab qolinadi.
  5. e) Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini Agentlikda qo‘llashda ta’lim darajasi minimal qismi bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan tegishli yo‘nalishdagi mutaxassislarga nisbatan ishga qabul qilishda, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka darajalarini belgilashda, istisno tariqasida, tavsiyaviy xususiyatga ega;
  6. j) Davlat raqobat qo‘mitasi qayta tashkil qilinishi munosabati bilan u va uning hududiy organlari tomonidan avval berilgan litsenziyalar, huquq beruvchi, ruxsatnoma hujjatlari va ilgari ular tomonidan qabul qilingan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi va ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish talab etilmaydi.
  7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

2019-yilning 1-aprelidan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi va ijroiya organi a’zolarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlash, shuningdek ularni davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlariga tenglashtirish amaliyoti bekor qilinadi;

2019-yil 1-iyulidan boshlab davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlari, Agentlik bundan mustasno, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud bo‘lganda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi bo‘yicha saylanishlari mumkin;

Oldingi tahrirga qarang.

xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi;

(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustdagi PF-5794-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son)

Oldingi tahrirga qarang.

xo‘jalik jamiyatining ijro organi (rahbar va rahbar o‘rinbosarlari) tanlov asosida yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislar orasidan tanlab olinadi va belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi qarori bilan tayinlanadi;

(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustdagi PF-5794-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son)

kelgusida xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida shakllanadigan davlat organlari va muassasalari tomonidan aksiyador (ta’sischi) huquqlari amalga oshiriladigan davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi;

ilgari davlat aksiyalarini ishonchli boshqaruvga investitsiya aktivlari bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga berish bo‘yicha tuzilgan bitimlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar ilgari imzolangan shartlar asosida Agentlik tomonidan qo‘shimcha bitimlarni tuzish yo‘li bilan qayta rasmiylashtiriladi;

xo‘jalik jamiyatlari ish haqi miqdorini, boshqaruv va texnik xodimlar birligini, avtotransport vositalari sonini belgilash hamda qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun alohida tartib o‘rnatilgan masalalar bo‘yicha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.

  1. Xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari 3-ilovaga muvofiq Agentlikka berilsin.

Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlarini xatlovdan o‘tkazsin.

Belgilansinki, xatlov natijasida aniqlanadigan va mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilmagan, aksiyadorning (ta’sischining) huquqlari davlat organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi davlat ulushi Agentlikka beriladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ushbu qaror ijrosini ta’minlash doirasida 2019-yilga mo‘ljallangan Agentlik xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin va 2020-yildan boshlab zarur budjet mablag‘larini ko‘zda tutsin;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;

Agentlikka xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin va 12 ta, shu jumladan 9 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlashga limit belgilasin;

Agentlikning asoslangan hisob-kitoblaridan kelib chiqib, ma’muriy binolarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zaruriy jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.

  1. Agentlik ikki oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning belgilangan tartibda Agentlik tarkibiga qo‘shilishini ta’minlasin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni telefon aloqasi, jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
  3. Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlarining tugatilishi munosabati bilan tegishliligi bo‘yicha davlat bojlari va boshqa turdagi yig‘imlarni undirmagan holda:

Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga ko‘chmas mulk va boshqa mulk obyektlariga huquqning qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tasarrufiga o‘tadigan avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;

davlat aksiya paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va qatnashchi) funksiya va huquqlari Agentlikka o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik jamiyatlari ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.

  1. Agentlik Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin.
  2. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari o‘ziga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
  3. Agentlik Toshkent shahri, A. Temur ko‘chasi, 6-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalarini tugatilgan Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining hozirgi joylashuvi bo‘yicha binolariga joylashtirilishini ta’minlasin.

  1. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Agentlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat aktivlarini tadbirkorlarga sotish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
  2. Agentlik Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
  3. a) 2019-yil 1-aprelga qadar:

xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari va ijro organlarining a’zolarini tasdiqlash, shuningdek ijro organlarining a’zolarini davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlariga tenglashtirish to‘g‘risida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni;

ilg‘or xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga kuzatuv kengashlari va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirishni, korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillarini nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni;

  1. b) ikki oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida qaror loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

    Toshkent sh.,

2019-yil 14-yanvar,

    PQ-4112-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining

TAShKILIY TUZILMASI

2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparatining

TUZILMASI

  1. Boshqaruv xodimlari umumiy soni – 126 nafar, shundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy soni – 104 nafar.
  2. Qo‘shimcha shtat birliklari Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-son qarori
3-ILOVA

Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan xo‘jalik jamiyatlari

RO‘YXATI

T/r

Jamiyatlar nomi

Davlat ulushi (%)*

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

1.

«O‘ztreyd» AJ

100,00

2.

«O‘zsanoateksport» AJ

100,00

3.

«O‘zbekekspertiza» AJ

51,00

4.

«O‘rta osiyo trans» AJ

51,00

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

«O‘zbektelekom» AJ

96,55

6.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ

76,4

7.

«O‘zimpeksaloqa» MChJ

51,91

8.

«UZINFOCOM» yagona integratori» MChJ

51,0

9.

«Matbuot tarqatuvchi» AJ

26,0

10.

«Aloqa bank» AJ

6,2

11.

«Alskom» AJ

2,0

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

12.

«O‘zagrosanoatloyiha» MChJ

94,72

13.

«O‘zsuvloyiha» AJ

50,8

14.

«Suvmash» AJ

47,0

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

15.

«O‘zagrosug‘urta» AJ

93,46

16.

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ

66,51

17.

«Qishloq qurilish invest» MChJ

59,46

18.

«Qurilishmashlizing» AJ

58,82

19.

«Qishloq qurilish bank» ATB

54,89

20.

AT «Xalq bank»

40,43

21.

«Agrobank» ATB

37,95

22.

«Mikrokreditbank» ATB

34,48

23.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB

32,61

24.

«Ipoteka-bank» ATIB

22,59

25.

«Asaka bank» ATB

21,65

26.

«Turon bank» ATB

6,53

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

27.

«O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi» AJ

50,13

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

28.

«O‘zagrolizing» AJ

0,9

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

29.

«Qishloqqurilishloyiha» MChJ

85,94

30.

«Suvsanoatfuqaroli» MChJ

77,8

31.

«O‘zog‘irsanoatloyiha» AJ

69,43

32.

«O‘zGIP» MChJ

53,1

33.

«Tashgiprogor» AJ

41,48

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

34.

«ToshuyjoyLITI» AJ

61,58

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

35.

«O‘ztibloyiha» MChJ

74,16

Toshkent shahar hokimligi

36.

«Toshshahartransxizmat» AJ

100,00

37.

«Olmazor kichik sanoat zonasi» AJ

88,58

38.

«Toshkent-Osiyo» AJ

46,67

Izoh: Xo‘jalik jamiyatlarining tashkiliy-huquqiy shakllari yoki berilishi lozim bo‘lgan davlat ulushlari miqdori o‘zgargan taqdirda, aksiya paketlari (ulushlari) o‘zgarishlarni inobatga olingan holda beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

  1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tarkibiy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) boshqaruv xodimlari cheklangan soni 432 nafar, shu jumladan Agentlik markaziy apparati — 109 nafar etib belgilansin.

Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:

zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;

Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tuzilmalarini tasdiqlash;

Agentlikning hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarida — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan Agentlikning boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;

mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda jalb qilish;

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash;

Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash shartlarini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
  2. Belgilansinki:
  3. a) Agentlik:

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat raqobat qo‘mitasi) barcha huquqlari, majburiyatlari va davlat, shu jumladan chet eldagi aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (shu jumladan davlat ulushlarini sotish), davlat aktivlarini ijaraga berish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish, iqtisodiy nochor xo‘jalik jamiyatlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik, baholash faoliyatida davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlash bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;

«O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi» DUKning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda va barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda olib boradi hamda o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi;

davlat aktivlarini boshqarish sohasida vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi hamda «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalida o‘ziga berilgan davlat aksiya paketlari (ulush) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini amalga oshiradi;

Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdolarga qo‘yilgan ob’ektlar bo‘yicha sotuvchi funksiyasini bajaradi. Bunda Davlat raqobat qo‘mitasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan savdo shartlari va turlari o‘zgarishsiz qoldiriladi, ob’ektlarni savdodan yechish, qayta baholash va qaytadan savdoga qo‘yish talab etilmaydi;

davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlarining (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik jamiyatlari) joriy faoliyatiga aralashmagan holda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni faqat korporativ boshqaruv usullarini qo‘llagan holda bajarilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1 oktabridan kechiktirmay Agentlik faoliyati, shu jumladan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatida strategik o‘zgarishlar natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

  1. b) Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
  2. v) Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va Agentlik xodimlari belgilangan tartibda xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi a’zoligiga saylanish huquqiga egadirlar;
  3. g) Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash Agentlikning direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
  4. d) Agentlik xodimlariga tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi saqlab qolinadi.
  5. ye) Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini Agentlikda qo‘llashda ta’lim darajasi minimal qismi bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan tegishli yo‘nalishdagi mutaxassislarga nisbatan ishga qabul qilishda, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka darajalarini belgilashda, istisno tariqasida, tavsiyaviy xususiyatga ega;
  6. j) Davlat raqobat qo‘mitasi qayta tashkil qilinishi munosabati bilan u va uning hududiy organlari tomonidan avval berilgan litsenziyalar, huquq beruvchi, ruxsatnoma hujjatlari va ilgari ular tomonidan qabul qilingan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi va ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish talab etilmaydi.
  7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

2019 yilning 1 aprelidan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi va ijroiya organi a’zolarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlash, shuningdek ularni davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlariga tenglashtirish amaliyoti bekor qilinadi;

2019 yil 1 iyulidan boshlab davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlari, Agentlik bundan mustasno, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud bo‘lganda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi bo‘yicha saylanishlari mumkin;

xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari bilan kelishilmasdan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi;

xo‘jalik jamiyatining ijro organi (rahbar va rahbar o‘rinbosarlari) tanlov asosida yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislar orasidan tanlab olinadi va davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari bilan kelishilmasdan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi qarori bilan tayinlanadi;

kelgusida xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida shakllanadigan davlat organlari va muassasalari tomonidan aksiyador (ta’sischi) huquqlari amalga oshiriladigan davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi;

ilgari davlat aksiyalarini ishonchli boshqaruvga investitsiya aktivlari bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga berish bo‘yicha tuzilgan bitimlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar ilgari imzolangan shartlar asosida Agentlik tomonidan qo‘shimcha bitimlarni tuzish yo‘li bilan qayta rasmiylashtiriladi;

xo‘jalik jamiyatlari ish haqi miqdorini, boshqaruv va texnik xodimlar birligini, avtotransport vositalari sonini belgilash hamda qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun alohida tartib o‘rnatilgan masalalar bo‘yicha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.

  1. Xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari 3-ilovaga muvofiq Agentlikka berilsin.

Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlarini xatlovdan o‘tkazsin.

Belgilansinki, xatlov natijasida aniqlanadigan va mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilmagan, aksiyadorning (ta’sischining) huquqlari davlat organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi davlat ulushi Agentlikka beriladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ushbu qaror ijrosini ta’minlash doirasida 2019 yilga mo‘ljallangan Agentlik xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin va 2020 yildan boshlab zarur budjet mablag‘larini ko‘zda tutsin;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;

Agentlikka xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin va 12 ta, shu jumladan 9 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlashga limit belgilasin;

Agentlikning asoslangan hisob-kitoblaridan kelib chiqib, ma’muriy binolarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zaruriy jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.

  1. Agentlik ikki oy muddatda «O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi» DUKning belgilangan tartibda Agentlik tarkibiga qo‘shilishini ta’minlasin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni telefon aloqasi, jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
  3. Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlarining tugatilishi munosabati bilan tegishliligi bo‘yicha davlat bojlari va boshqa turdagi yig‘imlarni undirmagan holda:

Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga ko‘chmas mulk va boshqa mulk ob’ektlariga huquqning qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tasarrufiga o‘tadigan avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;

davlat aksiya paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va qatnashchi) funksiya va huquqlari Agentlikka o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik jamiyatlari ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.

  1. Agentlik Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatigakiritilsin.
  2. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari o‘ziga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
  3. Agentlik Toshkent shahri, A. Temur ko‘chasi, 6-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalarini tugatilgan Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining hozirgi joylashuvi bo‘yicha binolariga joylashtirilishini ta’minlasin.

  1. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Agentlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat aktivlarini tadbirkorlarga sotish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
  2. Agentlik Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
  3. a) 2019 yil 1 aprelga qadar:

xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari va ijro organlarining a’zolarini tasdiqlash, shuningdek ijro organlarining a’zolarini davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlariga tenglashtirish to‘g‘risida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni;

ilg‘or xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga kuzatuv kengashlari va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirishni, korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillarini nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni;

  1. b) ikki oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida qaror loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2019 yil 14 yanvar,

PQ-4112-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining

TAShKILIY TUZILMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparatining

TUZILMASI

  1. Boshqaruv xodimlari umumiy soni – 126 nafar, shundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy soni – 104 nafar.
  2. Qo‘shimcha shtat birliklari Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-son qarori
3-ILOVA

Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan xo‘jalik jamiyatlari

RO‘YXATI

T/r

Jamiyatlar nomi

Davlat ulushi (%)*

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

1.

«O‘ztreyd» AJ

100,00

2.

«O‘zsanoateksport» AJ

100,00

3.

«O‘zbekekspertiza» AJ

51,00

4.

«O‘rta osiyo trans» AJ

51,00

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

«O‘zbektelekom» AJ

96,55

6.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ

76,4

7.

«O‘zimpeksaloqa» MChJ

51,91

8.

«UZINFOCOM» yagona integratori» MChJ

51,0

9.

«Matbuot tarqatuvchi» AJ

26,0

10.

«Aloqa bank» AJ

6,2

11.

«Alskom» AJ

2,0

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

12.

«O‘zagrosanoatloyiha» MChJ

94,72

13.

«O‘zsuvloyiha» AJ

50,8

14.

«Suvmash» AJ

47,0

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

15.

«O‘zagrosug‘urta» AJ

93,46

16.

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ

66,51

17.

«Qishloq qurilish invest» MChJ

59,46

18.

«Qurilishmashlizing» AJ

58,82

19.

«Qishloq qurilish bank» ATB

54,89

20.

AT «Xalq bank»

40,43

21.

«Agrobank» ATB

37,95

22.

«Mikrokreditbank» ATB

34,48

23.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB

32,61

24.

«Ipoteka-bank» ATIB

22,59

25.

«Asaka bank» ATB

21,65

26.

«Turon bank» ATB

6,53

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

27.

«O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi» AJ

50,13

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

28.

«O‘zagrolizing» AJ

0,9

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

29.

«Qishloqqurilishloyiha» MChJ

85,94

30.

«Suvsanoatfuqaroli» MChJ

77,8

31.

«O‘zog‘irsanoatloyiha» AJ

69,43

32.

«O‘zGIP» MChJ

53,1

33.

«Tashgiprogor» AJ

41,48

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

34.

«ToshuyjoyLITI» AJ

61,58

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

35.

«O‘ztibloyiha» MChJ

74,16

Toshkent shahar hokimligi

36.

«Toshshahartransxizmat» AJ

100,00

37.

«Olmazor kichik sanoat zonasi» AJ

88,58

38.

«Toshkent-Osiyo» AJ

46,67

Izoh: Xo‘jalik jamiyatlarining tashkiliy-huquqiy shakllari yoki berilishi lozim bo‘lgan davlat ulushlari miqdori o‘zgargan taqdirda, aksiya paketlari (ulushlari) o‘zgarishlarni inobatga olingan holda beriladi.

52843 Chop etish