Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentabrdagi 799-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” talablariga muvofiq baholovchilarga toifa guvohnomalarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatilishi belgilangan.
Mazkur maʼmuriy reglament talablari asosida Davaktiv agentligida joriy yilning 17-sentabr kuni baholovchilarga toifa berish yoki toifa berishni rad etish yuzasidan navbatdagi komissiya yigʻilishi oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: Talabgorlar toifa olish uchun arizalarni Davaktiv agentligiga tegishli hujjatlar bilan Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etadilar.
Komissiya yigʻilishida komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan toifa olish uchun taqdim etilgan hujjatlar oʻrganilib, belgilangan shakldagi “Baholash varaqasi” talabgorni baholash mezonlari asosida toʻldirilib tegishli fikrlar bildiriladi hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari tavsifnomalari inobatga olinadi.
Toifa berish boʻyicha komissiya tarkibiga Reglament talablari asosida Davaktiv agentligidan uchta vakil hamda har bir baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan ikkitadan vakil kiritilgan.
Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali, ishtirok etayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Komissiyaning mazkur yigʻilishiga 18 ta talabgordan arizalar kelib tushgan boʻlib, ulardan 6 tasi “oliy toifa”, 12 tasi “birinchi“ toifa guvohnomasi olish uchun murojaat qilgan.
Toifaga talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar komissiya aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilib, komissiya aʼzolari tomonidan toʻldirilgan “Baholash varaqalari” asosida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
- 1 nafar talabgorga “oliy toifa” berish;
- 4 nafar talabgorga “birinchi toifa” berish;
- 1 nafar talabgorga “ikkinchi toifa” berish;
- 12 nafar talabgorga toifa berishni rad etish.
Oliy, birinchi va ikkinchi toifa berilgan baholovchilar roʻyxati
№ |
F.I.Sh. |
Hudud nomi |
Ish joyi |
Komissiya qarori |
1. |
Palvanova Irina Petrovna |
Toshkent shahar |
“Hisob va Biznes Baholash” MChJ |
Oliy toifa |
2. |
Nazarov Akmal Ashrafjanovich |
Sirdaryo viloyati |
“Smart Consult” MChJ |
Birinchi toifa |
3. |
Xadjayev Kamoliddin Fazliddinovich |
Toshkent viloyati |
“FB Business Consultant” MChJ |
Birinchi toifa |
4. |
Safargaliyev Marat Salimovich |
Toshkent shahar |
“Real Excellent Valuation” MChJ |
Birinchi toifa |
5. |
Faxriddinov Temur Faxriddin oʻgʻli |
Navoiy viloyati |
“Biznes Ekspert Baho” MChJ |
Birinchi toifa |
6. |
Elbekov Bexzod Sherbekovich |
Toshkent shahri |
“Konservis” MChJ |
Ikkinchi toifa |