Print

Joomla 3.0

O'zbekiston Respublikasi "Faoliyatning ayrim turlarini licenziyalash to'g'risida"gi qonunining 6, 23-moddalariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli "Baholash tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan baholash hizmatlari sifati uchun ularning javobgarligini oshirish to'g'risida"gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-sonli "Baholash faoliyatini licenziyalash to'g'risida"gi qarori va O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahar ho'jalik sudining 2008 yil 28 avgustdagi 10-0805/5907-sonli sud qaroriga asosan baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablari buzilishi holatlari aniqlanganligi sababli, O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahar ho'jalik sudining 2008 yil 28 avgustdagi "Info-Fan" Davlat unitar korhonasi ustidan qabul qilingan 10-0805/5907-sonli sud qaroriga asosan "Info-Fan" Davlat unitar korhonasiga 2003 yil 9 sentyabrda berilgan hisob seriyasi DM 001, raqami 000073, qayd etish raqami RR38-073 sonli baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi licenziyaning amal qilishi  tugatildi.

"Info-Fan" Davlat unitar korhonasi sobiq rahbari Ya. D. Hodjaev va baholovchi R. B. Miralimov amaldagi qonunchilikni buzganliklari uchun uch yil mobaynida baholash faoliyati bilan bog'liq barcha amaldagi harakatlarini amalga oshirishi taqiqlanadi.